Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.



