Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 20,9 mln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 104,0 mln so‘m;
Navoiy viloyati — 17,0 mln so‘m;
Toshkent viloyati — 16,9 mln so‘m;
Buxoro viloyati — 14,4 mln so‘m;
Xorazm viloyati — 13,2 mln so‘m;
Namangan viloyati — 12,9 mln so‘m;
Samarqand viloyati — 12,8 mln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 12,3 mln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 12,0 mln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 11,9 mln so‘m;
Andijon viloyati — 11,5 mln so‘m;
Jizzax viloyati — 11,1 mln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 10,1 mln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 8,3 mln so‘m.




