17/05/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 839 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 180 tani tashkil qildi (ulushi 22,7 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 1 045 ta

🔹Zarafshon shahri – 830 ta

🔸Navoiy shahri – 714 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹savdo sohasida – 2 309 ta

🔸sanoat sohasida – 897 ta

🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 412 ta

🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 382 ta

🔹qurilish sohasida – 272 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech