2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yil 11- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.
Jumladan, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlarini ishlab chiqishdan boshlab uni amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayonlari yoritib berildi.