2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida jami 1,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,5 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 51,4 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 31,1 % ni tashkil etdi.