2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi.
Mazkur forumda 150 ga yaqin mamlakatdan 7 mingdan ortiq mutaxassislar onlayn va bevosita ishtirok etdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon ma’lumotlar forumi hukumatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, donor va xayriya tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy agentliklar, geokosmos hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va rasmiy idoralarning ma’lumotlari va statistik ekspertlari hamda foydalanuvchilarini birlashtiradi. Ma’lumotlar bo’yicha mutaxassislar va foydalanuvchilar ma’lumotlarning yangilanishini rag’batlantirish, ma’lumotlarga yuqori darajadagi siyosiy va moliyaviy yordamni safarbar etish va barqaror rivojlanish uchun yaxshiroq ma’lumot olish yo’lini yaratish uchun yig’ilishadi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov qatnashdi.
Forum doirasida nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan turli uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan:
BMT Statistika departamenti direktori Stefan Shvaynfest;
Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi statistika qo‘mitasi direktori Reychl Biven;
Open Data Watch xalqaro tashkiloti ijrochi direktori Sheyda Badi;
Global Data Barometer loyihasi direktori Silvana Fumega.
Shuningdek, Gruziya, Tojikiston, Indoneziya, Mongoliya, Kambodja statistika idoralarining rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar va muzokaralarning asosiy maqsadi, mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilib borish, shuningdek, so‘nggi xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalarida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan.