Barchamizga ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlari inson hayotidagi eng muhim unsurlardan biri hisoblanadi.
Bugun, 18- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari J. Umarov hamda Navoiy shahar statistika bo’limi registratori M. Mirjonov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» va 5- narx haftalik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganishda registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.