Joriy yilning 15-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Unda boshqarma xodimlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Tadbirda Farmonda belgilangan statistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirish bo'yicha asosiy vazifalar haqida tushuntirishlar berildi.

Tushuntirish ishlarini Milliy statistika qo‘mitasining Ijro kotibiyati bo‘lim boshlig‘i D. Xamdamov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i M. Yuldasheva olib bordi.

Tadbir yakunida xodimlarning savollariga javob berilib, Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.



