Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 190 tani tashkil etgan.
Shundan:
Yirik korxonalar – 7 ta;
Kichik korxona va mikrofirmalar – 2 183 ta;
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 3 860,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 13 % ga ko‘paygan.
Yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo hajmi dinamikasi mlrd so'm:
2026-yil – 3 860,6 mlrd
2025-yil – 3 238,8 mlrd
2024-yil – 2 284,4 mlrd
Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi hajmi 2 813,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, umumiy ulgurji savdo hajmidagi ulushi 72,9 % ga teng bo‘ldi.




