18/01/2023

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari  (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

✅ Ushbu on-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollaringizga atroflicha javob beriladi.

✅ On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali 2023-yilning 16-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

❗️On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!

Zoom ID: 858 2987 9392

Kirish kodi: 190977

Tugmani bosing Tinglash GSpeech