18/01/2023

🏢Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, 2022- yilda Navoiy viloyatida jami yangi tashkil etilgan korxonalar soni 4 464 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) quyidagicha taqsimlangan:

🛒 savdo sohasida – 1 369 ta

🏭 sanoat sohasida – 962 ta

🚜 qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 756 ta

🏨 yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 262 ta

🏗 qurilish sohasida – 180 ta

🚆 tashish va saqlash sohasida – 148 ta

📡 axborot va aloqa sohasida – 93 ta

🩺 sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda – 45 ta

📍 boshqa sohalarda – 647 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech