09/08/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra 2022- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining yuqori o‘sish, yashash va ovqatlanish xizmatlarida (67,4 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (36,8 %), ijara xizmatlarida(36,7 %), shuningdek aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (19,1 %) qayd etildi.

 Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan yuqori bo‘lmagan o‘sishi ta’lim sohasidagi xizmatlarda (4,2 %) qayd etildi.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

 Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 167,4 %;

 Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar  – 136,8 %;

 Ijara xizmatlari  – 136,7 %;

 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari  – 119,1 %;

 Moliyaviy xizmatlar – 117,6 %;

 Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar  – 114,6 %;

 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar  – 114,2 %;

 Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar  – 112,5 %;

 Shaxsiy xizmatlar  – 111,9 %;

 Transport xizmatlari  – 110,5 %;

 Savdo xizmatlari – 109,5 %;

 Boshqa xizmatlar  – 107,8 %;

 Ta’lim sohasidagi xizmatlar  – 104,2 %.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech