2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 1 523,4 mlrd. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 26,5 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 190,9 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 67,9 ming tonna – sabzavot, 59,9 ming tonna – kartoshka, 8,5 ming tonna – poliz, 33,9 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 2,2 ming tonna – uzum yetishtirildi.
Axborot xizmati