Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 3 292,5 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 246,7 % ni tashkil etdi.
Navoiy viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 21,8 % punktga ko‘payib, 38,5 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati