03/08/2022

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6 023,7 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 5 741,2 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

 Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 77,5 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 18,3 % i – fermer xoʻjaliklariga, 4,2 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech