02/08/2022

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 131,7 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 126,8 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 74,6 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 21,7 % i – fermer xoʻjaliklariga, 3,7 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech