21/07/2022

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Murodov tomonidan 2022- yil 19- iyul kuni Navoiy shahar Tarobiy MFYda  yashovchi fuqarolar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining 2022- yil 29- iyundagi  "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish  tartib-tamoillari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-781-sonli qonun mazmun-mohiyati toʻgʻrisida targ'ibot o'tkazildi.

photo2022-07-1810-54-00
photo2022-07-1810-53-59
photo2022-07-1810-53-57

Mazkur qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etilishi, mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, foydali qazilmalar, respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik obyektlar, aholi punktlari bosh rejalarining bajarish, davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.   

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech