Joriy yilning 20- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida, Davlat statistika qo`mitasi tamonidan 2022- yil 24- yanvarda tasdiqlangan Hayʼat ish rejasi hamda hududiy statistika boshqarmalarida kompleks va maqsadli o‘rganish reja jadvaliga asosan, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tizimida statistika faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan qo‘mita raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Davlat statistika qo`mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i F. Berdibayev Navoiy viloyati statistika boshqarmasi va shahar, tuman bo’limlari tizimida statistika faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijasi bo'yicha erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Axborot xizmati