19/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 710 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 % ga oshdi.

Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):


- tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishida – 17,7 % ga (jami sanoatdagi ulushi 6,1 %);

- ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoati yo‘nalishida – 12,7 % ga (jami sanoatdagi ulushi 92,1 %);

- suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishida – 34,1 % ga (jami sanoatdagi ulushi 1,5 %);

- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 22,2 % ga (jami sanoatdagi ulushi 0,3 %) o‘sishidir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech