2022- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 347 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 21 047 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Navoiy shahri – 4 706 ta
Karmana tumani – 3 436 ta
Qiziltepa tumani – 2 836 ta
Xatirchi tumani – 2 536 ta
Navbahor tumani – 2 233 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 7 988 ta
sanoatda – 3 674 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2 733 ta
qurilishda – 1 766 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1 420 ta
Axborot xizmati