15/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 542 672 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,8 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,3 foizini (479 086 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni: Toshkent shahri – 108 106 ta Toshkent viloyati – 51 273 ta Samarqand viloyati – 48 804 taFarg‘ona viloyati – 47 415 ta Andijon viloyati – 42 143 taQashqadaryo viloyati – 37 260 taNamangan viloyati – 34 056 taBuxoro viloyati – 31 495 taSurxondaryo viloyati – 29 112 taXorazm viloyati – 25 692 taQoraqalpog‘iston R. – 24 163 taJizzax viloyati – 23 552 taNavoiy viloyati – 23 347 taSirdaryo viloyati – 16 254 ta

topik_ichi_150422

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech