12/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 479 086 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 099 tani (ulushi 18,6 foiz) tashkil qildi.

Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 076 ta

Farg‘ona viloyati – 11 213 ta

Qashqadaryo viloyati – 9 805 ta

Samarqand viloyati – 7 641 ta

Surxondaryo viloyati – 7 227 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 36 224 ta

sanoatda – 15 512 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 748 ta

qurilishda – 7 047 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 003 ta

11-aprel13-ichi

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech