Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 683,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Uchquduq tumanida (100,0 %), Tomdi tumanida (100,0 %), Konimex tumanida (100,0 %), Xatirchi tumanida (100,0 %), Zarafshon shahrida (98,5 %), Nurota tumanida (96,2 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati