24/03/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra,  2022- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 20 732 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 20 641 tani tashkil etgan. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Navoiy shahri – 4 650 ta

Karmana tumani – 3 375 ta

Qiziltepa tumani – 2 796 ta

Xatirchi tumani – 2 485 ta

Navbahor tumani – 2 184 ta


Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 7 888 ta

sanoatda – 3 608 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2 614 ta

qurilishda – 1 705 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1416 ta

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech