17/03/2022

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022- yil 20- yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qaroriga asosan Navoiy viloyatdagi davlat fuqarolik xizmatchilari, Navoiy viloyati “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari xamda oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Zakovat liderlar ligasi” turniri tashkil etildi.

Yoshlar va Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentliklari hamkorligida tashkil etilgan “ZAKOVAT” intellektual oʼyinida Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari faol qatnashib, oʻz  bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech