16/03/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ma’lumki aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi Rаisining  o`rinbosari Z. Ziyayev hamda Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari tomonidan Navoiy shahrining “Taraqqiyot”  MFY da xonadonma xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi Rаisining  o`rinbosari Z. Ziyayev hamda Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari tomonidan Navoiy shahrining “Taraqqiyot”  MFY da xonadonma xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech