15/03/2022

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar zamirida xalqning turmush tarzini yaxshilash, aholining barcha qatlamlarida maʼnan va jismonan sogʻlom muhitni yaratish, salomatlikni mustahkamlash gʻoyasi yotibdi. Shu bois ayni paytda jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor davlat ahamiyatiga molik muhim ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF- 6099- son farmoni ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning  14- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasidan tashrif buyurgan sportni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlari  hamda  viloyat statistika boshqarmasi ishchi xodimlari o’rtasida, ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha “Mini futbol” turi musobaqasi o'tkazildi.

Murosasiz va keskin ruhda bo'lib o'tgan musobaqa yakunida g'olib bo'lgan jamoaga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech