04/03/2022

Joriy yilning 4-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi”  mavzusida boshqarma xodimlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda boshqarma  yurist konsulti   A. Muradov bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi.

Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 

Shunindek korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdyek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech