04/03/2022

2022-yil 3- mart kuni Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 2030- yilgacha monitoringini yuritish bo‘yicha “SDG Tracker platformasi yuritilishini ta’minlash” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

1

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “2030- yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-son qarori bilan tasdiqlangan, 2022–2026- yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining uchinchi bandi ijrosini ta’minlashdir.

2

Onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatхonasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

3

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi  ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

4

Ishtirokchilar Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 2030- yilgacha monitoringini yuritish maqsadida SDG Tracker platformasi yuritilishini ta’minlash masalasida firk-mulohaza almashdi.

5

Yig‘ilish yakunida xalqaro ekspertlar tomonidan SDG Tracker platformasiga O‘zbekiston Respublikasiga oid Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarining kiritilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech