Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi 32,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 12,2 % ga ko‘paydi.
Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 17,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 109,8 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 15,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 115,0 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati