03/03/2022

Joriy yilning 1–2 - mart kunlari MDH Statistika qo‘mitasi tomonidan “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD–2021) dasturi doirasida investitsion tovar narxlarini o‘rganishga bag‘ishlangan videokonferensaloqa orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – XTD–2021 dasturi doirasida yil yakuni bo‘yicha kuzatilgan investitsion tovar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savol va takliflarga aniqlik kiritish hamda XTD–2021 doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yana bir bor to‘xtalib o‘tishdan iborat.

Yig‘ilish yakunida, MDH Statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan XTD–2021 doirasida kuzatilgan investitsion tovar narxlarining natijalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

pms_ichi1_02032022

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech