Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 318,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 4,9 % ni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Uchquduq tumanida (100,0 %), Tomdi tumanida (100,0 %), Konimex tumanida (100,0 %), Xatirchi tumanida (100,0 %), Zarafshon shahrida (97,9 %), Nurota tumanida (95,7 %), Navbahor tumanida (52,4 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati