2022-yil 24-fevral kuni Kompleks milliy moliyalashtirish tartiblari doirasida Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining kichik va o‘rta korxonalariga moliyaviy xizmatlarni kengaytirish yuzasidan onlayn o'quv-seminari o'tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi xodimlari ham ishtirok etdi.
Seminar BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi xalqaro ekspertlari tomonidan tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad kichik korxonalar va o'rta biznes uchun moliyalashtirishni safarbar qilish va moslashtirish, shuningdek, Shimoliy va Markaziy Osiyodagi asosiy davlat institutlari va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida ko‘nikma va bilimlarni oshirishdan iborat.
stat.uz