Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida viloyatimizda, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 296,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar oyiga nisbatan 101,6 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: viloyatda soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan qurilish korxonalari Navoiy shahri (28,5 %), Karmana (16,1 %) va Qiziltepa (15,0 %) tumanlarida qayd etildi.
Axborot xizmati