17/02/2022

Navoiy viloyatida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da chakana savdo tovar aylanmasi hajmi  8 142,3 mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Navoiy shahri (2 150,8 mlrd. so‘m), Karmana (1 369,5 mlrd. so‘m), Xatirchi (1 062,3 mlrd. so‘m), Qiziltepa (1 048,5 mlrd. so‘m), Zarafshon shahri (924,,0 mlrd. so‘m) va Uchquduq (443,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech