2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 533 427 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,8 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,1 foizini (470 163 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 106 554 ta
Toshkent viloyati – 50 686 ta
Samarqand viloyati – 47 295 ta
Farg‘ona viloyati – 46 923 ta
Andijon viloyati – 41 377 ta
Qashqadaryo viloyati – 36 381 ta
Namangan viloyati – 33 602 ta
Buxoro viloyati – 31 222 ta
Surxondaryo viloyati – 28 558 ta
Xorazm viloyati – 25 234 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 23 816 ta
Jizzax viloyati – 23 034 ta
Navoiy viloyati – 22 777 ta
Sirdaryo viloyati – 15 968 ta
stat.uz