08/02/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq, 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda roʻyxatga olish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalar ishini tashkil qilish uchun shartnoma asosida quyidagi xodimlar jalb qilinadi:

2023-yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha — aholidan soʻrov oʻtkazish orqali roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi roʻyxatga oluvchi xodimlar, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma (pudrat shartnomasi) asosida;

2023-yil 10-oktyabrdan 12-dekabrgacha — roʻyxatga oluvchilar ishini muvofiqlashtiruvchi instruktor (supervayzer) xodim, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma (pudrat shartnomasi) asosida;

2023-yil 10-oktyabrdan 2024-yil 1-yanvargacha — instruktorlar (supervayzerlar) ishini nazorat qiluvchi xodimlar (roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi va uning oʻrinbosari), fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma (pudrat shartnomasi) asosida;

2022-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvargacha — tuman, shahar miqyosida aholini roʻyxatga olish ishlarini nazorat qiluvchi xodimlar (tuman, shahar aholini roʻyxatga olish boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari), muddatli mehnat shartnomasisi asosida;

2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha — tuman, shahar miqyosida aholini roʻyxatga olish ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi xodim (roʻyxatga olish boʻlimi bosh mutaxassisi), muddatli mehnat shartnomasisi asosida;

2023-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlari elektron bazaga kiritilishini nazorat qilish boʻyicha jalb etilgan xodimlar (birlamchi maʼlumotlarni elektron bazaga kiritish markazi boshligʻi), muddatli mehnat shartnomasisi asosida;

2023-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini roʻyxatga olish hujjatlarini saqlashni amalga oshiruvchi xodimlar (hujjatlarni saqlash dispetcheri), muddatli mehnat shartnomasisi asosida;

2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarini elektron bazaga kiritish boʻyicha operatorlar ishini nazorat qiluvchi xodim (operatorlar guruhi boshligʻi), muddatli mehnat shartnomasisi asosida;

2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha — aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllaridagi birlamchi maʼlumotlarni elektron bazaga kirituvchi va uning mantiqiy nazoratini amalga oshiruvchi xodimlar (operatorlar), muddatli mehnat shartnomasisi asosida.

Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi, davlat tilini bilishi, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus (kasb-hunar taʼlimi) yoki oliy maʼlumotga ega boʻlishi, muomala layoqatiga ega boʻlishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan boʻlishi talab etiladi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech