03/02/2022

     2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 9 506,5 mlrd. soʻmni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 65,8 % ni tashkil qildi.

     Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 171,6 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 498,3 ming tonna – sut, 360,5 mln. dona – tuxum, 957,3 tonna – pilla xomashyosi yetishtirildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech