31/01/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaydi.

Mos ravishda ayollar soni 346,6 ming kishiga yoki 2,0 % ga, erkaklar soni esa 365,7 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaygan.

demografiya_ichi_310122

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra 2021- yil 1 – yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7 875 mln. kishini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi aholi soni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida 43-oʻrinda qayd etilgan.

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech