Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida <<MEGA EDU>> o‘quv markazi tashabbusi bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ingliz tili o‘quv kursi tashkil etilgan edi.
Joriy yilning 21- dekabr kuni Viloyati statistika boshqarmasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga <<MEGA EDU>> o‘quv markazi o‘qituvchisi L. Safarova tamonidan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Axborot xizmati