20/01/2022

      Joriy yilning 19- yanvar kuni Navoiy shahridagi "Doʻstlik va NNTlar uyi"da OʻzNNTMA Navoiy hududiy boʻlinmasi tomonidan, Viloyat statistika boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining statistika va adliya organlariga hisobotlarni topshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

     Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 2-martga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan statistika organiga hisobot taqdim etadi.

     Hisobotni topshirishda Davlat statistika qoʻmitasining hisobot.stat.uz  rasmiy saytidan foydalaniladi.

     Seminar davomida NNTlar tomonidan hisobotlarni topshirish muddatlari, tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech