12/01/2022

     Joriy yilning 12- yanvar kuni  “Hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi, hokim yordamchilari, yoshlar ishlari agentligi xodimi, mehnat faxriylari, mahalla faollari va  fuqarolar ishtirok etishdi.

     Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi  O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati bo‘yicha ishtirokchilarga axborot berib o‘tildi.

     Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida foydalaniladi.

 

     Tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan aniq, qisqa va tushunarli tarzda to'laqonli javob berildi.

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech