Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Yanvar- noyabr oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:
2016- yilda – 6 137 ta
2017- yilda – 9 600 ta
2018- yilda – 10 442 ta
2019- yilda – 18 466 ta
2020- yilda – 17 394 ta
2021- yilda – 17 917 ta
stat.uz