Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yoʻnaltirilgan. Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan, tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz taʻsirini oʻtkazadi.
2021- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1 083,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 96,3 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati