28/12/2021

     Uchquduq tumani statistika boʻlimi tamonidan, Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

      Seminar yigʻilishda Uchquduq tumani statistika boʻlim boshligʻi Sh. Toʻxtayev qatnashchilariga aholini roʻyxatga olishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligini aytib oʻtdi.

     Aholini roʻyxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish koʻzda tutilgan. Bu — hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish bilan bogʻliq masala. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʻtab boʻlgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarni qurish va taʻmirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

     Seminar davomida qatnashchilarga aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan savollariga batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech