28/12/2021

     Joriy yilning 24- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida, Davlat statistika qoʻmitasi tamonidan 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida statistika faoliyatini tashkil etish yuzasidan tizim oldiga belgilab berilgan vazifalarning ijrosi holati, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash borasida amalga ishlar boʻyicha videokonferensiya tashkil etildi.

     Yigʻilishni Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Z.Ziyayev ochib berdi.

     Jumladan, 2021- yilning 20-24- dekabr kunlari Navoiy viloyati statistika boshqarmasi va uning tuman (shahar) statistika boʻlimlarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalarida kompleks oʻrganish oʻtkazilganligini eʼtirof etib oʻtdi.

 

     Navoiy viloyati statistika boshqarmasi, tuman va shahar statistika boʻlimlarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalarini kompleks oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga tavsiyalar berilib, joyida bartaraf etildi hamda “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, muayyan muddatda bartaraf etiladigan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga aniq muddatlar belgillab berildi.

     Shuningdek, boshqarma va shahar, tuman statistika boʻlimlari xodimlari uchun “Davra suhbat”larini tashkil etib, tizim faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar berib borish lozimligi taʼkidlandi.

Axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech