28/12/2021

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 253,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi. Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Uchquduq tumanida (100,0 %), Tomdi tumanida (100,0 %), Konimex tumanida (100,0 %), Zarafshon shahrida (99,1 %), Nurota tumanida (94,2 %), Qiziltepa tumanida (81,5 %) tashkil etdi

Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki Navoiy shahrida (1,8 %), Karmana (16,0 %), Xatirchi (43,9 %), Navbahor (48,7 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech