21/12/2021

Joriy yilning 21- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika idoralari rahbarlari kengashining 63- yig’ilishi o‘z ishini boshladi.

Ma'lumot uchun: Mazkur MDH statistika idoralari rahbarlari kengashi statistika sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi. Statistika masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning eng muhim masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

MDH statistika qo‘mitasining ish rejasini tasdiqlaydi, statistik metodologiya masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli komissiyalar tuzadi. Ular to‘g'risidagi normativ-huquqiy hujjat va nizomlarni tasdiqlab, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 2018- yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi MDH statistika qo‘mitasining to‘laqonli a’zosi bo‘lgan. Shundan buyon Davlat statistika qo‘mitasi MDH statistika idorlari rahbarlari kengashida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilgi yig‘ilishda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iz, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston Respublikalari statistika idoralari rahbarlari kun tartibidagi muhim masalalarni muhokama qildi.

Jumladan, 2022- yil uchun MDH statistika qo'mitasi ish dasturi loyihasi, MDH mintaqasida Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi; 2030- yilgacha boʻlgan davrda MDHga a’zo davlatlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025-yillar) amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq takliflar tayyorlash, shuningdek, 2022- yilda MDHga a'zo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari Kengashiga raislik qilish to'g'risidagi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ishtirok etdi.

Rahbarlar kengashi yig'ilishining natijasiga ko‘ra, MDH statistika idoralarining pandemiya davrida faoliyatini belgilovchi asosiy qarorlar, 2022- yil uchun MDH statistika qo‘mitasining ishchi dasturi, aholini ro‘yxatga olishning 2020- raundida MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish  tabirlariga tayyorgarlik ko‘rish rejalari tasdiqlandi. Shuningdek, 2022- yilda o’tkaziladigan MDH statistika idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishiga O’zbekiston Respublikasi raislik qilishiga kelishib olindi.

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech