2021- yil 2- dekabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari, institut o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Ushbu davra suhbatida Navoiy viloyatidagi keng ko‘lamli isloxotlar, xususan tashqi savdo, sanoat sohalaridagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar, statistik ko‘rsatkichlarning shakllanishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini bo‘yicha o‘quvchilarga tushuntirib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha “Yoʻl xarita”siga asosan, 2025-yil 1-dekabrga qadar aholini roʻyxatga olish yakuniy natijalari rasman eʼlon qilinadi hamda aholini roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlari arxivda saqlash uchun tayyorlanadi.
Aholini roʻyxatga olish yana bir jihati bilan muhim. Uning yakuniga yetkazilishi hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylar roʻyxatini tuzish imkonini beradi. Yana ham aniqroq aytganda, turar va noturarjoylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʻtab boʻlgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarini qurish va taʼmirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʻladi. Qisqacha aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi. Shu tarzda vujudga kelgan yagona maʼlumotlar bazasi mamlakatimiz kelajagi, aholi turmush farovonligini oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlarda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
Ushbu ma’lumotlar o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi va savol-javoblar asosida har tomonlanma muhokama qilindi.
Axborot xizmati