Joriy yilning 1- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Navoiy davlat konchilik instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonuni, Navoiy viloyatining iqtisodiyot sohalari bo'yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllanishi, shuningdek 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda A. Qo'ldoshev tomonidan rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2021- yilning 11- avgustida Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi aytib o'tildi.
Qonun 7 ta bob 42-moddadan iborat boʻlib, rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari, rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, rasmiy statistikani tayyorlovchilar, respondentlar, maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning hamda rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini, statistika dasturlari, kuzatuvlari va registrlari, roʻyxatga olishlar, ularni tuzish va tasdiqlash tartibi, statistika maʼlumotlari, ulardan foydalanish tartibi va maxfiylikni taʼminlash tartibini belgilab bergan.
Shuningdek, M. Yuldasheva 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikada 2023- yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o‘tkazish to'g'risidagi qaroriga muvofiq aholi o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlarini yo'lga qo'yish, fuqarolarga to'g'ri tushunchalar etkazishda OAVning o'rni alohida ekanligi e'tirof etdi.
Ma'lumki, 2021- yilning 1-5-noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro'yxatga olish o'tkazilgan. 11–22- noyabr kunlari esa ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurgan holda Andijon viloyatining Xo'jaobod tumanida, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘xatga olish jarayonlari amalga oshirildi. Sinov tariqasida ro'yxatga olishdan orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro'yxatga olish bo'yicha asosiy tadbirning samarali o'tkazilishida muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, davra suhbati yakunida qatnashchilar mavzuga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.
Axborot xizmati